Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

562025-05-12 16:29

Farg‘ona tumani ichki ishlar bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747049222944.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747049226988.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747049230042.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747049232927.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747049236085.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747049238945.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747049241346.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747049244033.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747049246813.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747049249844.jpg

Farg‘ona tumani ichki ishlar bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi Davlatimiz rahbarining joriy yil 3 yanvarь kunidagi “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ichki ishlar tizimida olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi. So‘nggi yillarda ichki ishlar organlarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ma‘nan eskirgan binolarni kapital ta‘mirlash, yangi bino va inshootlar qurish ishlariga ham katta e‘tibor berilmoqda. Mazkur ishlarning amaliy ifodasi sifatida Farg‘ona tumani ichki ishlar bo‘limi uchun yangi bino qurildi va tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullaev, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Ikramov, shuningdek, soha faxriylari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olganlar Prezidentimizning sohaga qaratgan e‘tibori va g‘amxo‘rligi natijasida birgina 2025 yilning o‘zida Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida respublika hamda viloyat byudjetidan jami 31,8 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, manzilli tartibda yo‘naltirilayotgani e‘tirof etildi. Ushbu ko‘rkam bino ham ana shunday mablag‘lar hisobidan bunyod etilgani ta‘kidlanib, unda xodimlar uzoq yillar davomida xalqiga va Vataniga sadoqat bilan xizmat qilishiga, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda ijobiy natijalar qo‘lga kiritishlariga ishonch bildirildi. Shu o‘rinda zamonaviy binoning bunyod etilishida fidoyilik ko‘rsatgan barcha quruvchilarga ham minnatdorchilik izhor etildi. Shu kuni Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan bo‘lim shaxsiy tarkibiga 1 ta “Damas” va 2 ta “Niva” rusumli xizmat avtomashinalari ham tantanali ravishda topshirildi. “Zamon qurilish” MChJ tomonidan Farg‘ona tumani “Sanoat” mahallasida bunyod etilgan ushbu ma‘muriy bino 2 qavatdan iborat bo‘lib, nazorat o‘tish joyi, fuqarolarni qabul qilish xonasi, 77 ta xizmat xonasi, ma‘rifat zali, avtoturargoh, garaj, omborxona hamda saf maydonidan iborat. Bunyodkorlik ishlari bilan birga bo‘lim hududiga manzarali va mevali ko‘chatlar hamda gullar ekilgani esa atrof-muhit musaffoligini ta‘minlashga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 12.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft