Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

492025-05-10 14:55

Xitoylik olimlar bilan hamkorlikda viloyatimizdagi arxeologik yodgorliklar tadqiq qilinadi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1746870737436.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1746870745695.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1746870749929.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1746870753545.jpg

Xitoylik olimlar bilan hamkorlikda viloyatimizdagi arxeologik yodgorliklar tadqiq qilinadi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Shansi arxeologiya instituti direktori Fan Venьsyan boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Unda viloyatimizdagi arxeologik yodgorliklarni zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tadqiq qilish yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Viloyat rahbari bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari jadal rivojlanib, yangi bosqichda davom etayotganligini ta‘kidladi. Oliy o‘quv yurtlari, ilmiy muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilayotgani, Farg‘ona davlat universiteti va Shansi arxeologiya instituti o‘rtasidagi aloqalar buning amaliy samarasi ekanligi qayd etilib, kelishuvlar amaliy bosqichga o‘tganligi mamnuniyat bilan e‘tirof etildi. Hozirda Shansi arxeologiya instituti bilan vodiy hududidagi arxeologik yodgorliklarni tadqiq etish va muzeylashtirish bo‘yicha hamkorlik loyihalari boshlangan. Dastlabki bosqichda Farg‘ona davlat universitetida “Shansi-Farg‘ona arxeologik tadqiqot markazi” va “Madaniy merosni muhofaza qilish va tiklash laboratoriyasi” hamda “Sui sulolasi davriga oid Yu Xong qabri” ko‘rgazmasi ochildi. Besh yilga mo‘ljallangan loyihaning keyingi bosqichlarida hamkorlikda ilmiy tadiqiqot ishlari olib boriladi hamda soha uchun mutaxassislar tayyorlanadi. Muloqotda mamlakatimizda keyingi yillarda boy tariximizni o‘rganib, chuqur tadqiq etishga alohida e‘tibor qaratilayotgani qayd etilib, bu jarayonda xorijlik va mahalliy arxeolog olimlar, ilmiy tadqiqotchilar hamkorligida tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladigan Farg‘ona viloyatida ham keng qamrovli ilmiy izlanishlar amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi. Xususan, hamkorlikda “Quva shahristoni” arxeologik yodgorligida qazish va tadqiqot ishlarini olib borish, ochiq osmon ostida muzey tashkil etish borasida so‘z yuritildi. -O‘rganilishi kerak bo‘lgan arxelogik yodkorliklar ko‘p. Loyiha doirasida tarix qayta jonlantirilib, xalqimizga ko‘rsatib beriladi, bu juda katta ish bo‘ladi, biz katta natijalarni kutamiz,-dedi viloyat rahbari. Viloyat hokimi xitoylik olimlarning loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini, ularni sifatli va mukammal amalga oshirish uchun “yo‘l xaritasi”ini ishlab chiqish zarurligini qayd etdi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda hamkorlikdagi ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi. Muloqotda viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov hamda Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodir Shermuhammadov ishtirok etdi. Ma‘lumot o‘rnida: Shansi arxeologiya instituti Xitoyning Shansi viloyatida joylashgan muhim ilmiy muassasalardan biri bo‘lib, mamlakatning arxeologik merosini o‘rganish va saqlashda katta rolь o‘ynaydi. Uning faoliyati natijasida ko‘plab muhim arxeologik topilmalar aniqlangan va o‘rganilgan. Masalan, 2024 yilda institut arxeologlari Ming sulolasi davriga tegishli yaxshi saqlangan qabrni topdilar, bu topilma Xitoyning arxeologik merosini yanada boyitdi. Institut o‘zining arxeologik muzeyiga ega. Shansi arxeologiya instituti xalqaro miqyosdagi tadqiqotlarda ham faol ishtirok etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 10.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft