Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1152025-05-29 10:44

Farg‘ona, So‘g‘d va O‘sh viloyatlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748497363396.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748497369300.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748497373359.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748497377429.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748497381962.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748497385969.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748497389664.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748497393373.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748497396611.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748497400074.jpg

Farg‘ona, So‘g‘d va O‘sh viloyatlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda Uchko‘prik tumanida “Farg‘ona – biznes va investisiyalar markazi” mavzusida xalqaro forum tashkil etildi. Unda Tojikiston, Qirg‘iziston, shuningdek, Ozarbayjon, Turkiya, Xitoy kabi davlatlardan 200 dan ziyod ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, xalqaro forumda Savdo-sanoat palatasi hamda tijorat banklari rahbarlari, viloyatimizdagi shahar-tumanlar hokimlarining o‘rinbosarlari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ham qatnashdi. Joriy yilning 31 mart kuni Xo‘jand shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uch tomonlama uchrashuvda amaliy hamkorlik bo‘yicha muhim ustuvor yo‘nalishlar belgilab olingan edi. Mazkur biznes forum chegaradosh hududlarning hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Forumda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov, So‘g‘d viloyati raisi o‘rinbosari Zufar Ismoilzoda hamda O‘sh viloyati bo‘yicha muxtor vakilning o‘rinbosari Iliyaz Tashbaev bunday amaliy tadbirlar uch davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hamkorlik va iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta‘kidladi. Forum O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati, Tojikistonning So‘g‘d viloyati hamda Qirg‘izistonning O‘sh viloyati hamkorligida o‘tkazildi. Ishtirokchilarga Farg‘ona viloyatining iqtisodiy salohiyati, mintaqaning investisiya va eksport imkoniyatlari, shu jumladan, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari haqida batafsil ma‘lumotlar berilib, maxsus videorolik ham namoyish qilindi. Uchko‘prik tumanida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. “Boboshbek” majmuasi haqida taqdimotlar o‘tkazildi, transport, logistika, savdo do‘konlari, tikuv-trikotaj sexlari faoliyati bilan tanishildi. Bundan tashqari, tadbir qatnashchilari “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan ishlab chiqarish va sanoat korxonalarida bo‘lishib, investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, soliq hamda bojxona to‘lovlaridagi imtiyozlar, amalga oshirilayotgan istiqbolli investisiya loyihalari bilan tanishishdi. Ularga korxonalarda yaratilgan ish o‘rinlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi, sifati, narx-navosi, shuningdek, savdo hamda eksport jarayonlari haqida ma‘lumot berildi. Yirik iqtisodiy forumda xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, eksport hajmlarini oshirish, shuningdek, xorijiy investisiyalarni jalb etish masalalariga alohida e‘tibor qaratildi. Shu maqsadda B2B muloqotlar o‘tkazilib, savdo va ishlab chiqarish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi, 30 dan ortiq hamkorlik shartnomalari tuzildi. Forumda Farg‘ona va O‘sh viloyati hamda Uchko‘prik tumani va So‘g‘d viloyati o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Yakunda bunday formatdagi tadbirlarni Farg‘ona, So‘g‘d va O‘sh viloyatlarida har yili an‘anaviy ravishda o‘tkazishga kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 30.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft