Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

842025-05-29 17:31

Marg‘ilonda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748521791967.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748521799639.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748521842874.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748521846459.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748521850106.jpg

Marg‘ilonda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi Viloyat hokimligi, Madaniyat vazirligi hamda “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida Marg‘ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazida “O‘rta asrlarda Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Anjumanda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari, san‘atshunos olimlar, sohaning etakchi mutaxassislari, hunarmandlar va videokonferensaloqa tizimi orqali xalqaro ekspertlar qatnashdi. 2023 yildan boshlab har ikki yilda, may oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkazib kelinayotgan mazkur konferensiya doirasida turizm sohasidagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish masalalariga alohida e‘tibor qaratildi. Tadbirda milliy hunarmandchilikni, xalq badiiy va amaliy san‘atini rivojlantirish, shu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an‘analarini asrab-avaylash masalalari muhokama qilindi. Marg‘ilon shahrida milliy hunarmandchilik azaldan e‘zozlanib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgani ta‘kidlandi. Konferensiyada “Marg‘ilon ipak matolari brendining rivojlanishi”, “An‘anaviy ipak to‘qimachiligi va dizayn: O‘zbekiston kreativ industriyasida merosning badiiy talqini”, “O‘rta asrlarda Turonda ipakchilik va ipak talqini" (“Devonu lug‘otit turk” misolida) kabi mavzularda ma‘ruzalar eshitildi. Xalqaro konferensiya yakunida san‘atshunos olimlar, akademik va professorlarga sertifikatlar topshirildi. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamda Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 30.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft