Viloyatimiz g‘allakorlari 2025 yil hosilidan boshoqli don tayyorlash bo‘yicha shartnomaviy rejani bajardilar

Viloyatimiz g‘allakorlari 2025 yil hosilidan boshoqli don tayyorlash bo‘yicha shartnomaviy rejani bajardilar. Viloyatda joriy yil hosili uchun 2917 nafar fermer xo‘jaliklari tomonidan 94,3 ming gektar maydonlarda boshoqli don ekinlari parvarish qilindi. Joriy yilda 687 ta fermer tomonidan 16130 gektar maydonda o‘z mablag‘lari hisobiga g‘alla etishtirildi. O‘rim-yig‘im ishlarini qisqa muddatlarda uyushqoqlik bilan tashkil qilish maqsadida 22 ta yangi kombayn olib kelinib, 340 ta otryad shakllantirildi, ularga 340 dona yuqori unumli g‘alla o‘rish kombaynlari va 1700 dona transport vositalari jalb qilindi. Belgilangan rejaga muvofiq, bugungi kun xolatiga 281 ming tonnadan 281 ming 183 tonna (100,7%) don agroplatforma orqali qabul qilish korxonalariga qabul qilib olindi. Jumladan, 100,7 ming tonna (100%) davlat fondi resursiga, 159,4 ming tonnasi (98%) fermerlar tomonidan birja savdolariga chiqarish maqsadida vaqtincha saqlash uchun jamg‘arildi. Shuningdek, kelgusi yil hosili uchun 19,1 ming tonna (106%) sifatli urug‘lik zaxirasi yaratildi. Viloyatda birinchilardan bo‘lib Beshariq, Buvayda, Qo‘shtepa va Uchko‘prik tumanlari belgilangan rejani ortig‘i bilan bajardi. O‘rtacha hosildorlik 80 sentnerni tashkil qilmoqda. Misol uchun, Beshariq tumanida “Vodiy naslli parranda” f/x 96 sentner, Buvayda tumanida “Muxammad Aziz” f/x 98 sentner, Qo‘shtepa tumanida “Ismoil Jo‘rabek saxovati” f/x 96 sentner, Uchko‘prik tumanida “Bestek agro” f/x 93 sentner, Furqat tumanidagi “G‘anieva Ra‘noxon” f/x 92 sentner, Dang‘ara tumanidagi “Abduraxmon zamindor” f/x 91 sentner, Yozyovon tumanida “Mezon” f/x 87 sentnerdan ortiq g‘alla hosili olgan. Hozirda o‘rim-yig‘imi qizg‘in davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada futbol bo‘yicha "Havaskorlar ligasi"ga start berildi


Oltiqo‘shliklar orzusi ushaldi: yangi maktab foydalanishga topshirildi

Dang‘arada maktabgacha ta‘lim muassasalari soni yana bittaga ko‘paydi