Oltiqo‘shliklar orzusi ushaldi: yangi maktab foydalanishga topshirildi










Oltiqo‘shliklar orzusi ushaldi: yangi maktab foydalanishga topshirildi Bugun Dang‘ara tumani Oltiqo‘sh MFYda zamonaviy, barcha talablarga javob beradigan yangi maktab binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov soha mutasaddilari, mahalla ahli, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. Maktab qurilishi tuman prokurori tashabbusi va homiylik mablag‘lari hisobiga amalga oshirildi. Ilgari Oltiqo‘sh MFYda 1972 yilda qurilgan, ta‘mirtalab bo‘lgan va faqat 100 o‘quvchiga mo‘ljallangan 39-sonli maktab filiali faoliyat yuritgan bo‘lsa, endilikda o‘rnida 2 qavatli, 240 o‘quvchiga mo‘ljallangan, zamonaviy ta‘lim talablariga javob beradigan yangi 25-umumta‘lim maktabi binosi qad rostladi. Mazkur ta‘lim muassasasi faoliyat boshlashi natijasida avval 3 km masofadagi boshqa mahallaga qatnab o‘qishga majbur bo‘lgan 180 nafardan ziyod o‘quvchi uchun qulay va xavfsiz ta‘lim muhiti yaratildi. Bino qurilishi uchun jami 5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ushbu amaliy ishlar Prezidentimiz tashabbusi bilan ta‘lim sohasini isloh qilish, zamonaviy infratuzilmalar tashkil etish va yoshlarga qulay ta‘lim sharoiti yaratish borasidagi olib borilayotgan islohotlarga elkama-elka turib, faollik ko‘rsatish orqali o‘ziga xos munosib javob bo‘lgani qayd etildi. - Ilm-fanga e‘tibor qaratish taraqqiyotning asosiy omilidir. Shu bois, Prezidentimiz tashabbusi bilan ta‘lim sohasini rivojlantirish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilib, katta mablag‘lar ajratilmoqda. Ayniqsa, homiylar, tashabbuskor fuqarolar va aholining ko‘magida barpo etilayotgan maktablarning ham ta‘lim-tarbiyadagi o‘rni beqiyos. Bunday ezgu tashabbuslarni ommaviy harakatga aylantira olsak, joylardagi ko‘plab muammolarga ijobiy echim topishimiz mumkin, - dedi viloyat hokimi. Mahalla ahli nomidan so‘zga chiqqanlar ko‘p yillik muammo hal etilib, yangi maktab qurilgani barchani behad mamnun etganligini bildirdi. Ramziy tasma kesilib, mehmonlar yangi qurilgan ta‘lim maskanida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada futbol bo‘yicha "Havaskorlar ligasi"ga start berildi


Dang‘arada maktabgacha ta‘lim muassasalari soni yana bittaga ko‘paydi
