"Margilan City Mall" savdo, ko‘ngil ochar va turar joy maskanlari kompleksi qurilishiga start berildi








Marg‘ilon shahri Navro‘z MFY hududida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivida ko‘p qavatli uylarning qurilishi davom etmoqda. Bugun yana bir yirik loyiha - "Margilan City Mall" savdo, ko‘ngil ochar va turar joy maskanlari kompleksi qurilishiga start berildi. Mazkur tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, quruvchilar va nuroniylar ishtirok etdi. 35 million dollarlik mazkur loyiha doirasida savdo markazi, 12, 14 va 16 qavatli 785 xonadonni o‘z ichiga olgan 11 ta turar-joy binosi, avtoturargohlar, bolalar maydonchalari va atrium barpo etilishi rejalashtirilgan. Tadbirda viloyat hokimiga shular xususida ma‘lumotlar berildi. Nuroniylar ishtirokida xayrli duolar qilinib, ramziy kapsula tashlanib, qurilish ishlariga start berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi