Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2792025-07-28 18:39

Uchinchi xalqaro hunarmandchilik festivali yuqori saviyada o‘tkaziladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1753709836759.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1753709847552.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1753709853735.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1753709857191.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1753709860628.jpg

Uchinchi xalqaro hunarmandchilik festivali yuqori saviyada o‘tkaziladi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qo‘qon shahridagi O‘rda maydonida bo‘lib, joriy yil 19-21 sentyabrь kunlari o‘tkaziladigan III Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik ishlari bo‘yicha tashkiliy yig‘ilish o‘tkazdi. Viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, Qo‘qon shahar mas‘ullari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Qo‘qon shahri ko‘chalari, festivalь o‘tkaziladigan hududlarni kompleks obodonlashtirish bo‘yicha mas‘ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Festivalь o‘tkaziladigan asosiy joylar hududidagi qurilish va obodonlashtirish ishlari viloyat hokimining qurilish sohasi bo‘yicha o‘rinbosari Hakimjon Dolimovga biriktirildi. - Bu yilgi festivalni har yilgidan ko‘ra shukuhli va jozibador qilib o‘tkazish kerak, - dedi viloyat hokimi. Viloyat rahbari uchinchi bor o‘tkazilayotgan Xalqaro Hunarmandchilik festivalida imkoniyati cheklangan hunarmandlarning ham ishtirokini tashkil etish, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va hunarmandlar mahsulotlarining bir necha kun davom etadigan savdo-yarmarkasini yo‘lga qo‘yish kabi takliflarni ilgari surdi. Shuningdek, Rishton tumanida o‘tkaziladigan II Xalqaro kulolchilik forumi bo‘yicha ham mas‘ullarga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha vazifalar yuklandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 29.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft