Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning "Zhejiang Bioclean Machinery Technology Co., Ltd" kompaniyasi boshqaruv raisi Ruan Jixua boshchiligidagi kompaniya vakillarini qabul qildi



Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib, yangi bosqichda davom etayotganligi ta‘kidlandi. Farg‘onada turli sohalarda Xitoy kompaniyalari bilan amalga oshirilayotgan o‘zaro manfaatli loyihalar haqida so‘z yuritildi. Sanitariya yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. "Zhejiang Bioclean Machinery Technology Co., Ltd" kompaniyasi vakillari tomonidan Farg‘onada sanitariya texnika vositalari, chiqindilarni qayta ishlash uchun jihozlar hamda suv va havo tozalash uskunalarini ishlab chiqarish loyihasi taklif etildi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlashini va investorlarga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ma‘lum qildi. Loyihalarni aniq reja asosida tezroq boshlash zarurligi ta‘kidlandi. Hamkorlik masalalari yuzasidan kelishib olindi. “Zhejiang Bioclean Machinery Technology Co., Ltd” - sanitariya sohasidagi yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona bo‘lib, u texnik xizmatlar ko‘rsatish, yangicha energiya manbalarida harakatlanuvchi maxsus texnika vositalarini ishlab chiqarish hamda chiqindilarni qayta ishlash sohalarida faoliyat yuritadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi

Viloyatimizda O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda

Hamidjon Rahimov, Oltiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktab direktori


Shohimardon zamonaviy turizm maskaniga aylanmoqda