Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investorlar Li Sanjay va Jo Chunvonni qabul qildi



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investorlar Li Sanjay va Jo Chunvonni qabul qildi. Uchrashuvda viloyatimizda metallni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Viloyat hokimi mamlakatimizda qurilish ishlari ko‘lami ortib borayotganini, sifatli, arzon va zamonaviy qurilish materiallariga ehtiyoj ham ortayotganini qayd etdi. Shu bois, mazkur metallni qayta ishlash loyihasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 20 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyiha doirasida uch bosqichli armatura, katenka va ugolok ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Uchrashuv yakunida loyihani Toshloq tumanidagi “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida amalga oshirish, qurilish ishlarini boshlashga kelishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





