Germaniyaning mashhur brendlari Farg‘onada yangi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda









Germaniyaning mashhur brendlari Farg‘onada yangi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegasiyasi hududlararo investisiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishni ko‘zda tutgan amaliy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo‘lib turibdi. O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik tobora jadallashib borayotgan bo‘lib, uning ko‘lami yanada kengaymoqda. Germaniya O‘zbekistonning Evropa Ittifoqi mamlakatlari orasidagi eng yirik savdo va investisiyaviy hamkoridir. Bugungi kunda hududlararo aloqalar yo‘lga qo‘yilib, birgalikda istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Mazkur tashrif esa hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, Farg‘onaga germaniyalik investorlarni jalb etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Viloyat delegasiyasi dastlab Frankfurt-Mayn shahrida kompaniyalar, yirik banklarda bo‘lib, uchrashuvlar o‘tkazdi. “Engelbert Strauss” maxsus kiyimlar va himoya ekipirovkalari ishlab chiqaruvchi kompaniyadir. Mazkur brend dunyoga mashhur bo‘lib, mahsulotlari o‘z bozoriga ega. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur kompaniyada bo‘lib, Farg‘onada ham hamkorlikda korxona ochish borasida muzokaralar olib bordi. Viloyat delegasiyasi Germaniyada eng muvaffaqiyatli maxsus kiyimlar ishlab chiqaruvchi "Weitblick" kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. Kompaniya sohasi mehmonxonalar, restoranlar, hunarmandchilik, logistika, tibbiyot, oziq-ovqat ishlab chiqarish va farmasevtika kabi sohalar uchun zamonaviy kiyimlarni ishlab chiqaradi. Butun Evropaga, jumladan, Avstriya, Niderlandiya, Chexiya va Polьshadagi mijozlarga mahsulot etkazib beradi. Kompaniya o‘zining logistikasiga ega. Kompaniyaning ishlab chiqarish va muhandislik bo‘yicha direktori Uve Bayer bilan viloyatimizda maxsus kiyimlar ishlab chiqarishni tashkil qilish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Farg‘onada futbol bo‘yicha "Havaskorlar ligasi"ga start berildi


Oltiqo‘shliklar orzusi ushaldi: yangi maktab foydalanishga topshirildi