Viloyat hokimi Dang‘ara tumanida tadbirkor Azizjon Akramovning loyiha taklifi bilan tanishdi.


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Dang‘ara tumanida tadbirkor Azizjon Akramovning loyiha taklifi bilan tanishdi. Tadbirkor tumandagi Shodlik MFYda mahalla binosida zamonaviy IT markazi qurish bo‘yicha o‘z rejalarini taqdim etdi. U o‘zining sohadagi tajribasidan kelib chiqib, hududdagi yoshlarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni va kam ta‘minlangan oilalar farzandlarini zamonaviy kasblar, IT yo‘nalishlarida bepul o‘qitib, ularni ishli va daromadli qilish niyatini bildirdi. Viloyat hokimi ikki qavatli mahalla binosini davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida ta‘mirlab, ham mahalla uchun, ham o‘quv markazi uchun qulay sharoit yaratish taklifini ilgari surdi. Shuningdek, tadbirkorga yana bir faoliyat yo‘nalishi sifatida erishgan natijalaridan kelib chiqib, olxo‘ri, shaftoli va o‘rik etishtirish bo‘yicha kooperasiya tashkil etish taklifi ham berildi. Viloyat rahbari tashabbuslarni har doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini, loyihalarni tezlashtirish zarurligini ta‘kidladi va tadbirkor faoliyatiga omad tiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Toshloq tumanida yangi markaz – IT - shaharcha foydalanishga topshirildi

Farg‘onada zamonaviy “Bilimdon” bolalar oromgohi ochildi


Farg‘ona - Ulsan biznes - forumi tashkil etildi

Shohimardon zamonaviy turizm markaziga aylanadi

Farg‘ona va Ulsan hamkorligi barcha sohalarni qamrab oladi