Frankfurt-Mayn Germaniyaning yirik moliyaviy markazi bo‘lib, bu erda dunyoning yirik banklari joylashgan








Frankfurt-Mayn Germaniyaning yirik moliyaviy markazi bo‘lib, bu erda Evropa Markaziy banki, Germaniya Bundesbanki va dunyoning yirik banklari joylashgan. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegasiyasi yirik moliyaviy muassasalar - "ODDO BHF”, Germaniya Taraqqiyot Banki (KfW), Helaba va AKA Bankda bo‘lib, uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Farg‘onaga nemis investisiyasini jalb etish, mahalliy korxonalarga bank kreditlarini ajratish, viloyat hokimligi bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish va biznes forumlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi. Bugungi kunda Germaniyaning qator moliya institutlari mamlakatimizda ko‘plab yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda. "ODDO BHF” bank rahbariyati bilan o‘tkazilgan muloqotda Shohimardon qishlog‘ida Fransiyaning “MND” (Montagne et Neige Développement) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan turizm loyihasini moliyalashtirish masalasi xususida so‘z yuritildi. KfW bank bilan esa yirik loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Uchrashuvlar yakunida bildirilgan takliflar asosida hamkorlikdagi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Farg‘onada futbol bo‘yicha "Havaskorlar ligasi"ga start berildi


Oltiqo‘shliklar orzusi ushaldi: yangi maktab foydalanishga topshirildi