Farg‘onada futbol bo‘yicha "Havaskorlar ligasi"ga start berildi










Farg‘onada futbol bo‘yicha "Havaskorlar ligasi"ga start berildi Dang‘ara tumanidagi Katta Aravon MFYda "Dolzarb 90 kunlik" tadbirlar doirasida futbol bo‘yicha "Havaskorlar ligasi" musobaqasiga start berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa viloyat hokimligi va tadbirkor Ulug‘bek Yodgorov bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, mahalla faollari, yoshlar va minglab futbolsevarlar ishtirok etdi. Viloyat hokimi barchani boshlanayotgan futbol bayrami- “Havaskorlar ligasi” bilan qutladi hamda mahallalardagi yoshlar o‘rtasida tashkil etilayotgan mazkur musobaqa barchani birlashtirishga xizmat qilishini, qiziqarli bahslarga boy bo‘lishini bildirdi. Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda futbolni rivojlantirish uchun ulkan ishlar amalga oshirilayotganligini qayd etdi. Futbolda ham bugun O‘zbekistonni dunyo tanigani, Milliy terma jamoamizning Jahon chempionatiga yo‘llanma olgani, U-17 yosh toifasida ham futbolchilarimiz Osiyo chempioni bo‘lgani mamnuniyat bilan e‘tirof etildi. - Milliy terma jamoamiz tarkibida farg‘onalik futbolchilar ham borligi, qolaversa, terma jamoa treneri Temur Kapadze ham farg‘ona farzandi ekanligi barchamizga g‘urur, iftihor bag‘ishlaydi. Albatta, bularning barchasi sohada qilingan islohotlar natijasi,-dedi viloyat hokimi. Viloyatimizda ham xalqimiz sportni yaxshi ko‘rishi, mahallalar o‘rtasida haqiqiy futbolni sevganlarni, fidoyilarni birlashtirgan “Havaskorlar ligasi” viloyatimizda tashkil topgani bildirildi. “Havaskorlar ligasi” orqali yosh iste‘dodlar aniqlanib, kelajakda pro-liga va milliy chempionatda, jahon chempionatida professional futbolchi sifatida o‘zini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lishlariga e‘tibor qaratildi. Tadbirda joriy yilning 1 iyulь sanasidan boshlab viloyatimizning barcha hududlarida "Havaskorlar ligasi" futbol musobaqalariga rasmiy start berilishi ma‘lum qilindi. Viloyatimizda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida stritbol, voleybol, gandbol, kibersport, shaxmat va engil atletika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ham “Havaskorlar ligasi” sport musobaqalari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. E‘lon qilingan ushbu musobaqalarda ishtirok etish uchun har bir mahallada jamoalar shakllantirilib, 70 ming nafardan ortiq yoshlar o‘rtasida qiziqarli bellashuvlar tashkil etilmoqda. Tadbirda tadbirkor Ulug‘bek Yodgorovning amalga oshirayotgan ezgu ishlari, tashabbuslari, faolligi, hammani o‘z atrofida birlashtira olishi viloyat hokimi tomonidan alohida e‘tirof etildi. Shuningdek, marosimda viloyat hokimi barcha ishtirokchilarni tabriklab, kuch-quvvat, iroda va munosib g‘alabalar tiladi. Shundan so‘ng “Havaskorlar ligasi” futbol musobaqasining navbatdagi turi doirasida yig‘ilganlar Furqat tumanining "Ingichka” va Qo‘qon shahrining “Qo‘qon-1986” jamoalari o‘rtasidagi qiziqarli o‘yinga guvoh bo‘ldi. O‘yinni sharhlovchilar Murod Rizaev va Xayrullo Hamidov sharhlab bordilar. Uchrashuv 3:2 hisobida "Qo‘qon 1986" g‘alabasi bilan tugadi. Dang‘ara tumanidagi "Katta Minglar" MFYning "Minglar" jamoasiga kubok va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Oltiqo‘shliklar orzusi ushaldi: yangi maktab foydalanishga topshirildi

Dang‘arada maktabgacha ta‘lim muassasalari soni yana bittaga ko‘paydi
