Farg‘onada nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, o‘rganish, targ‘ib qilish bo‘yicha tadbir tashkil etildi





Farg‘onada nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etildi Viloyat hokimligi, Madaniyat vazirligi hamda “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida Rishton xalqaro kulolchilik markazi va Marg‘ilon shahridagi Hunarmandlar markazida o‘tkazilgan uchrashuvlarda san‘atshunos olimlar, sohaning etakchi mutaxassislari va kulolchilikda o‘z maktabiga ega bo‘lgan hunarmandlar ishtirokida yoshlar bilan muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvlarda nomoddiy madaniy merosni asrash, uni ilmiy asosda o‘rganish va targ‘ib qilish, shuningdek, kulolchilik buyumlari, atlas va adras mahsulotlarini tayyorlash jarayonida “ustoz-shogird” an‘analarini mustahkamlash masalalariga alohida e‘tibor qaratildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosi doirasida joriy yilning 28–29 may kunlari Marg‘ilon shahrida “O‘rta asrlarda Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusida ko‘rgazma va ilmiy konferensiyadan iborat xalqaro forum o‘tkazilishi belgilangani sohaning jahon miqyosidagi ahamiyati va unga qaratilayotgan e‘tibor namunasi ekanligi ta‘kidlandi. Muloqotlar davomida madaniy meros namunalarini “tayyorlash – o‘rgatish – tiklash – saqlash – ommalashtirish” kabi yaxlit va uzluksiz tizim asosida yosh hunarmandlarni tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar, ko‘rgazma va namoyishlar tashkil qilish, shu bilan birga mahsulotlar savdosini kengaytirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan kelishib olindi. Tadbirlar doirasida mehmonlar hunarmandlar faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Marg‘ilonda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Quva tumanida “Gilos sayli” festivali ko‘tarinki o‘tkazildi.
