Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2992025-05-28 17:16

Farg‘ona tumanida  Respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748434353964.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748434390016.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748434397512.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748434410881.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748434417552.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748434423806.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748434431281.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748434439649.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748434446414.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748434454793.jpg

Farg‘ona tumanida Respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi Farg‘ona tumanidagi “Chinor tagi” istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan qabulda Respublika ishchi guruhi rahbari - Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Po‘lat Bobojonov, Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Adliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirliklari hamda boshqa qator markaziy idora va tashkilotlar mas‘ul rahbarlari, shuningdek, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari mutasaddilari ishtirok etdi. Asosan, Farg‘ona hamda So‘x tumanlari aholisi uchun tashkil etilgan sayyor qabulda viloyatimizning boshqa hududlaridan ham kelgan jami 230 nafardan ziyod fuqarolar o‘zlarini o‘ylantirib, tashvishlantirib kelayotgan muammolar yuzasidan mas‘ullarga murojaat qildilar. Qabulda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ham ishtirok etib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Qabul jarayonida fuqarolar o‘zlarining ijtimoiy-maishiy, huquqiy hamda boshqa muammolarini o‘rtaga tashladilar. Xususan, mahalla guzari qurish, tadbirkorlik uchun er ajratish, salomatlikni mustahkamlashda yordam, subsidiya ajratish, uy-joy bilan ta‘minlash, moddiy yordam, kadastr, bank krediti ajratilishi hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolar tegishli mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Farg‘ona shahridan kelgan Tojixon Tursunova bemor farzandini davolatish uchun amaliy yordam so‘radi. Tadbirkor Malika Dadajonova esa tikuvchilik faoliyatini kengaytirish maqsadida tikuv mashinasi ajratilishini so‘rab murojaat qildi. Ularning murojaatlari ijobiy hal etilib, amaliy ko‘mak ko‘rsatiladigan bo‘ldi. Qabul davomida har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi, aksariyati echim topdi. Ayrim murojaatlar mas‘ul idoralarga yo‘naltirilib, ijrosi qat‘iy nazoratga olindi. Hal etilishi muddat talab etadigan masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 30.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft