Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

882025-05-29 13:13

Quva tumanida “Gilos sayli” festivali ko‘tarinki o‘tkazildi.

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748506343288.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748506351540.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748506355482.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748506359809.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748506363472.jpg

Quvada “Gilos sayli” festivali bo‘lib o‘tdi Quva tumani “Karkidon” suv ombori hududida bo‘lib o‘tgan “Gilos sayli” festivali Farg‘ona zaminida etishtirilayotgan sarxil mevalarning e‘tirofi bo‘ldi. Viloyat hokimligi, «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki hamda «Quva-Agro Star» mas‘uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan ushbu festivalda bank rahbariyati, viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari, tadbirkorlar, sayyohlar, umuman, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda mevali bog‘ yaratish istiqbollari, yurtimizda etishtirilgan mevalarning xorijga eksport qilish imkoniyatlari, erishilgan natijalar, istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi. Mazkur festivalь doirasida agrosanoat sohasini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va aholi bandligini ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan seminar tashkil etildi. Tumanda 2024 yilda jami 80,4 mln dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa, shuning salmoqli qismi 37 mln dollardan ortig‘i gilos mahsulotlari bo‘lganligi ma‘lum qilindi. Festivalь doirasida bank xizmatlari, mikromoliyalashtirish imkoniyatlari, fermerlar uchun mavjud subsidiyalar haqida ham batafsil ma‘lumotlar berildi. Bank tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt ming nafarga yaqin aholi va qishloq xo‘jaligi sub‘ektlariga 50 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli kredit ajratilib, mevali bog‘lar tashkil etishga yordam berildi. Bu ishlar hudud eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu fikrlarni aniq raqamlar misolida ko‘rib chiqish mumkin. Misol uchun, 2025 yilning may oyi holatiga ko‘ra, Quva tumanida 13 ming tonna gilos, 8 ming tonna o‘rik, 6,2 ming tonna quritilgan o‘rik eksport qilingan. Shuningdek, maxsus ko‘rgazmalar, gilos mahsulotlarining degustasiyasi va milliy an‘analarga boy madaniy dasturlar mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 30.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft