Viloyatimizda “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda









1 iyunь — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan viloyatimizda “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Farg‘ona shahridagi Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan asosiy bayram tadbiri ham ishtirokchilarga bir olam quvonch ulashdi. Unga viloyatimiz shahar va tumanlaridan 160 nafardan ziyod nogironligi bo‘lgan hamda kam ta‘minlangan oilalar farzandlari, oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari taklif etildi. Tadbir Kashtanzor ko‘chasi bo‘ylab bolajonlar, ularning ota-onalari va ertak qahramonlari ishtirokida o‘tkazilgan yurish marafoni bilan boshlandi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov so‘z olib, bolajonlarni bayram bilan qutladi. Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan yosh avlodning barkamol voyaga etishi, ta‘lim-tarbiya olishi va iste‘dodini namoyon etishi uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligini alohida ta‘kidladi. Tadbir doirasida rasmlar ko‘rik-tanlovi, sport musobaqalari, shaxmat va shashka o‘yinlari o‘tkazildi. Ularda bolalar o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi. Iste‘dodli o‘g‘il-qizlar ishtirokidagi konsert dasturida ijro etilgan qo‘shiq va raqslar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tashkilotchilar va homiylar tomonidan bolajonlarga esdalik sovg‘alari hamda kitoblar jamlanmalari topshirildi. Shuningdek, ular uchun to‘kin bayram dasturxoni yozildi. Ko‘rsatilgan e‘tibor va mehr-muruvvat uchun bolajonlar va ularning yaqinlari o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Bu kabi tadbirlar viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





