Farg‘ona mahsulotlari Quvayt va Ummonga eksport qilinadi



Farg‘ona mahsulotlari Quvayt va Ummonga eksport qilinadi O‘zbekistonning Ummon Sultonligidagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdusalom Hatamov hamda Quvaytdagi elchisi Ayubxon Yunusov Farg‘onada amaliy tashrif bilan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va hududning eksport salohiyatini oshirish masalalarini o‘rgandilar. Ularga viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov hamrohlik qildi. Quvasoy shahrida elchilar gilos etishtirish va eksport qilish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. "UZ-SEGANG" MChJning zamonaviy intensiv gilos bog‘lari va “Mirzoanvar eksport” fermer xo‘jaligida bo‘lib, Quvayt va Ummon davlatlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Rishton tumanidagi “Kosto Line Holding” MChJ xorijiy korxonasining ish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shokirjon Ahmadjonov rahbarligidagi “Mingboshi keramik” oilaviy korxonasining kulolchilik mahsulotlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, elchilar Oltiariq tumanida joylashgan “Nurt Frut” qishloq xo‘jaligi birlashmasida ham bo‘lib, eksportbop mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Yangi tayinlangan rektor jamoaga tanishtirildi


Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi