Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

26872025-03-22 14:16

Fargʻonaning mahallalari barcha sohada namuna bo‘lishi kerak

http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2082448788168905.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2082448788179660.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2082448788183245.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2082448788189220.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2082448788191610.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2082448788192805.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2082448788194000.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2082448788195195.jpg

Mahalla bugungi kunda xalqchil tuzilma sifatida islohotlarning faol ishtirokchisi bo‘lmoqda. Yoshlar tarbiyasi, osoyishtalikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoya va xotin-qizlar faolligini kuchaytirish, ekologiya va obodlik kabi biri-biridan muhim vazifalar mahalla yettiligi tizimi orqali samarali yechim topmoqda.

Farg‘ona shahridagi viloyat teatr-konsert saroyida 22 mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan viloyat bayram tadbirida bu alohida e’tirof etildi.

Viloyatimiz mahalla tizimi xodimlari va faollarini jamlagan tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi tadbir ishtirokchilarini yurtimizda keng nishonlanayotgan Navro‘z bayrami hamda Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan samimiy tabriklab, ularga sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyatlar tiladi.

Mahalla — xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prikka aylana olgani, eng quyi bo‘g‘inda islohotlar o‘z samarasini berayotganligini ta’kidlab, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy barqarorlikni ta’minlashda tizim xodimlarining o‘rni muhimligi bildirildi. Viloyat mahallalarida olib borilayotgan ibratli ishlar qayd etilib, obodonlashtirish, aholi bandligi ta’minlash va daromadini oshirish, yoshlar tarbiyasi kabi yo‘nalishlardagi muhim vazifalarga to‘xtaldi.Viloyatimizdagi har bir mahallaning o‘ziga xos tajribasi borligini, buning uchun astoydil harakat qilishligini bildirib, barcha yo‘nalishda yurtimizga namuna bo‘lishligi aytib o‘tildi.

- Oldimizga qo‘ygan marralarga erishish uchun kuch va imkoniyat, salohiyat yetarli. Albatta, harakat va mehnat bilangina natijadorlik bo‘ladi, - dedi viloyat rahbari.

Bayram tadbirida sohaning qator fidoyilari viloyat hokimining faxriy yorliqlari va sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Mahalla tizimida samarali mehnat qilayotgan, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faollar “Mahalla iftixori” ko‘krak nishonlari bilan mukofotlandilar.

Tadbir davomida madaniyat va san’at ustalari ijrosida yangragan dilrabo kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga o‘zgacha ko‘tarinkilik va bahoriy kayfiyat ulashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745122203106.jpg

Farg'onada “Dual ta‘limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745118956033.jpg

Farg‘onada Xitoyning kompaniyalari bilgan hamkorlikda traktorlar ishlab chiqariladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745054910311.jpg

Turkiyaning Anqara shahridagi xiyobonda ulug‘ qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniy byusti o‘rnatildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745053756504.jpg

Farg‘ona viloyati delegasiyasining Xitoyga tashrifi doirasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745046669577.jpg

Sinsyan shahridagi "Huaxi technology" kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744960586599.jpg

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 21.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft