Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2702025-04-17 13:24

Farg‘onada energiya tizimi uchun "aqlli" texnologiyalar ishlab chiqariladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744878179416.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744878183556.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744878186886.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744878189788.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744878192608.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744878195239.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744878198282.jpg

Shandun provinsiyasidagi Tayan yuqori texnologiyali sanoatni rivojlantirish zonasida joylashgan “Shandong Huihai Electrical Co., Ltd" kompaniyasi Farg‘ona viloyatida yangi korxona ochadi. Xitoyda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi bugun mazkur kompaniyada bo‘lib, investitsiyaviy loyihani amalga oshirishga kelishildi.

“Shandong Huihai Electrical Co., Ltd" kompaniyasi ko‘plab turdagi transformatorlar va elektr jihozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Energiya tizimidagi yo‘qotishlarni kamaytirish, xarajatlarni qisqartirish va samaradorlikda bu zamonaviy jihozlarning ahamiyati katta.

Viloyat delegatsiyasi dastlab kompaniya faoliyati bilan tanishdilar. Uchrashuvda esa viloyatimizda innovatsion transformatorlar va elektr jihozlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish muhokama qilindi.

Viloyat hokimi energetika tizimida so‘nggi yillarda olib borilayotgan modernizatsiya jarayonlarini qayd etib, bunda tizimga "aqlli" texnologiyalarni joriy qilish muhimligini ta‘kidladi. Loyihani maxsus sanoat zonasiga joylashtirish, investorlarni qo‘llab-quvvatlash bildirildi.

Kompaniya rahbari Si Yanji Farg‘onaga borib, imkoniyatlar bilan tanishgani, korxonani ochish uchun dastlabki ishlarga kirishilganligini, zamonaviy texnologiyalarni o‘rnatilishini ma‘lum qildi.

Uchrashuvda kompaniya bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745036481822.jpg

Shanьdun provinsiyasida qator kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744960586599.jpg

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744941858794.jpg

Xitoylik investorlar Farg‘onada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish istagini bildirishmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744940511105.jpg

Farg‘ona va Shandun o‘rtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744938518123.jpg

Shandun provinsiyasining Szinan shahrida Farg‘ona-Shandun biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744936865928.jpg

Viloyat hokimi Xitoyning Shandun provinsiyasidagi yirik ishlab chiqarish tarmoqlariga ega "Woerde Group" kompaniyasi prezidenti Shan Syuemey boshchiligidagi ishbilarmonlar bilan uchrashdi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 19.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft