Sarikanda mahallasida mahalla fuqarolari muammolari yechimiga doir sayyor qabul bo'lib o'tdi








Sarikanda mahalla fuqarolar yig'ini idorasida tuman hokimi birinchi o'rinbosari Ilhomjon Tojiboyev boshchiligida sayyor qabul bo'lib o'tdi. Mazkur sayyor qabulda tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i Faridjon To'raboyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining So'x tumani Xalq qabulxonasi mudiri Sobirjon Normatov, tumandagi korxona-tashkilot va muassasalar mutasaddilari va vakillari ishtirok etdi.
Sayyor qabulda mahalla fuqarolarining turli mavzularda qilgan murojaatlari tinglandi va ularni hal etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilanib, barcha qilingan murojaatlarga asosli munosabatlar bildirildi. Aytish mumkinki, oxirgi yillarda mahalla miqyosida keng ko'lamli obodonchilik ishlari amalga oshirildi va bu e'tibordan mahalla ahli minnatdor, biroq o'z yechimini kutayotgan muammolar ham bor.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolar asosan tadbirkorlikni rivojlantirish masalasida amaliy ko'mak berish, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va sug'orish suvi ta'minotidagi muammolarga barham berish, mahalladagi yangi guzar va mahallalar ichki ko'chalarini ta'mirlash, ishga joylashtirish, uzoq muddat qolib ketgan va javobsiz qolgan murojaatlarga nisbatan qonuniy baho berish, davolanish masalalarida yordam berish, uy-joyini ta'mirlashda amaliy ko'mak ko'rsatish kabi masalalar bo'yicha murojaat qilishdi. Bildirilgan fikr va takliflar asosida ishlarni tashkil etish, shuningdek, fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarni manzilli o'rganishga doir qat'iy ko'rsatmalar berildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg'onada “Dual ta‘limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada Xitoyning kompaniyalari bilgan hamkorlikda traktorlar ishlab chiqariladi

Turkiyaning Anqara shahridagi xiyobonda ulug‘ qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniy byusti o‘rnatildi

Farg‘ona viloyati delegasiyasining Xitoyga tashrifi doirasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

Sinsyan shahridagi "Huaxi technology" kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi