Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1212025-04-17 16:22

Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085142259548180.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085142259551765.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085142259552960.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085142259554155.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085142259556545.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085142259557740.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085142259560130.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085142259566105.jpg

Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 7-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibidagi masalalar:

1. So'x tumanida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hududlar, manbalar va suv iste'molchilari bo'yicha suv olish limitlarini tasdiqlash to'g'risida.

2. Tumanda kommunal (elektr, gaz va suv ta'minoti) xizmat ko'rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to'g'risida.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan so'zga chiqgan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori O'tkirjon Boltaboyev deputatlarga masalaga oid to'liq ma'lumot berdi va sessiya ishtirokchilari tomonidan masalaga oid qaror loyihasi bir ovozdan qabul qilindi.

So'x tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi Zoyitjon Bo'tayev, tuman gazlashtirish idorasi boshlig'i Umarjon Madumarov, “O'zsuvta'minot” MChJ So'x tumani bo'limi boshlig'i Farhodjon Aztimbekovlar so'zga chiqib, tumanda o'z sohalari bo'yicha aholiga xizmat ko'rsatish yuzasidan ma'lumot berdilar. Deputatlar o'z navbatida o'z savollari bilan so'zga chiqgan rahbarlarga murojaat qilib, javoblar oldilar va sohalarni yanada rivojlantirishga doir o'z taklif va tavsiyalarini berdilar.

Shundan so'ng sessiyada O'zbekiston Respublikasi Farg'ona viloyati prokuraturasining 2025-yil 7-apreldagi №18-1VU/25-sonli va O'zbekiston Respublikasi Farg'ona viloyati So'x tumani prokuraturasining 2025-yil 8-apreldagi №16/-25-sonli taqdimnomalari deputatlar tomonidan yopiq tarzda ko'rib chiqildi.

Kun tartibidagi masalalarga doir qarorlar qabul qilindi va sessiyaga yakun yasaldi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745122203106.jpg

Farg'onada “Dual ta‘limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745118956033.jpg

Farg‘onada Xitoyning kompaniyalari bilgan hamkorlikda traktorlar ishlab chiqariladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745054910311.jpg

Turkiyaning Anqara shahridagi xiyobonda ulug‘ qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniy byusti o‘rnatildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745053756504.jpg

Farg‘ona viloyati delegasiyasining Xitoyga tashrifi doirasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745046669577.jpg

Sinsyan shahridagi "Huaxi technology" kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744960586599.jpg

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 20.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft