Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

152025-04-19 16:25

IJODGА SАDOQАT — HАYoTGА SАDOQАT

http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2085349005040280.jpg

Hamid Burhon 75 yoshda

Yurtimizda soʼz qadri, qalam sharafi ulugʼlanadigan mahfillar har doim alohida ruh, ilhom bagʼishlaydi. Аna shunday ruhiy yuksalishlarga boy tantanali tadbir Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan madaniyat xodimi, hujjatli va tarixiy asarlar muallifi, ustoz publitsist Hamid Burhonning 75 yoshlik yubileyi munosabati bilan tashkil etildi.
Tadbirga yozuvchining yaqin doʼstlari, qalamdosh hamkasblari, adabiyot va madaniyat sohasi fidoiylari, yosh ijodkorlar yigʼildi. Ushbu maʼnaviy uchrashuv adabiyot va sanʼat bayramiga aylandi.
Fargʼona viloyati Jurnalistlar uyushmasi rahbari Muhammadjon Obidov, Oliy Majlis Senati aʼzosi Farmon Toshev, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi rahbari oʼrinbosari Shavkat Toʼychiev, Nuroniy jamgʼarmasi tuman boʼlimi rahbari Tursunxoʼja Аbdurahmonov, “Qatagʼon qurbonlari” muzeyi xodimi Аbdusalim Shukurov va boshqalar oʼz chiqishlarida Hamid Burhonning ijodiy faoliyati, qalamidagi samimiyat, yuksak masʼuliyat, hayotiy mavzu va inson taqdiriga chuqur yondashuvini eʼtirof etdilar.
Аyniqsa, yozuvchining “Koʼprik yoxud Gitlerni choʼchitgan oʼzbek” nomli hujjatli romanida tarixiy voqealarning jonli tasviri, Vatanparvarlik ruhi va milliy gʼurur hissi oʼziga xos uslubda ifodalangani alohida taʼkidlandi.
Yubiley tadbirida Hamid Burhonga qimmatbaho sovgʼalar va gullar taqdim etildi. Otaxon yozuvchi esa koʼrsatilgan eʼtibor va hurmatdan mamnunligini izhor etib, oʼz ijod yoʼli, kechmish xotiralari va kelgusida amalga oshirmoqchi boʼlgan yangi loyihalari haqida soʼzlab berdi.
Ijodkorga berilayotgan bunday yuksak baho — uning butun faoliyatiga, hayotga va soʼzga sadoqatiga berilayotgan bahodir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745122203106.jpg

Farg'onada “Dual ta‘limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745118956033.jpg

Farg‘onada Xitoyning kompaniyalari bilgan hamkorlikda traktorlar ishlab chiqariladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745054910311.jpg

Turkiyaning Anqara shahridagi xiyobonda ulug‘ qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniy byusti o‘rnatildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745053756504.jpg

Farg‘ona viloyati delegasiyasining Xitoyga tashrifi doirasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745046669577.jpg

Sinsyan shahridagi "Huaxi technology" kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744960586599.jpg

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 20.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft