Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

272025-04-20 13:15

Quvasoy shahrida “Oila va xotin-qizlar maskani” faoliyati yo‘lga qo‘yildi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085438623693635.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085438623696025.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085438623697220.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085438623698415.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085438623698415.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085438623700805.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085438623705585.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085438623705585.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2024-yil 20-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar qatorida, ijtimoiy qiyin vaziyatdagi oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, ota-onasidan ayrilgan yoshlarni manzilli va maqsadli qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilingan edi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston”da barpo etilayotgan yangi jamiyatda milliy qadriyatlar va an’analarni saqlab qolish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda oila institutining o‘rni alohida e’tirof etilib, bu borada amalga oshirilayotgan tashabbuslarni tizimli asosda davom ettirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berilgan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentyabrdagi 1-sonli yig‘ilish bayonida belgilangan topshiriqlarga muvofiq, Quvasoy shahrida zamonaviy talablar asosida tashkil etilgan “Oila va xotin-qizlar maskani” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu maskan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, oilaviy muammolarni bartaraf etish, nikohga oid maslahatlardan tortib, ijtimoiy-psixologik xizmatlargacha keng ko‘lamli faoliyatni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, bu yerda ayollar bandligini ta’minlash, hunarmandchilik va tadbirkorlikka jalb etish kabi yo‘nalishlarda ham doimiy amaliy yordam ko‘rsatiladi.

“Oila va xotin-qizlar maskani” – bu nafaqat tashkilot, balki oila mustahkamligi, ijtimoiy birdamlik va ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745122203106.jpg

Farg'onada “Dual ta‘limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745118956033.jpg

Farg‘onada Xitoyning kompaniyalari bilgan hamkorlikda traktorlar ishlab chiqariladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745054910311.jpg

Turkiyaning Anqara shahridagi xiyobonda ulug‘ qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniy byusti o‘rnatildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745053756504.jpg

Farg‘ona viloyati delegasiyasining Xitoyga tashrifi doirasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745046669577.jpg

Sinsyan shahridagi "Huaxi technology" kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744960586599.jpg

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 20.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft