Hukumat komissiyasining Farg‘ona viloyati tadbirkorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi










O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi Hukumat komissiyasining Farg‘ona viloyati tadbirkorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, tadbirkorlar, investorlar hamda eksportchi korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatish, mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Hukumat komissiyasi tarkibidagi vazirlik va idoralar mutasaddilari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, tadbirkorlar ishtirokida videokonferensaloqa shaklida o‘tgan tadbirda xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar hamda xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarda yuzaga kelayotgan muammolar ko‘rib chiqildi. Uchrashuvda 30 nafardan ortiq tadbirkorlar tomonidan soliq, kredit, gaz ta‘minoti, eksport, to‘xtab qolgan loyihalarni qayta ishga tushirish, aylanma mablag‘lar, debitor qarzdorlik va xorijdan kelayotgan pul o‘tkazmalariga oid masalalar yuzasidan murojaatlar bildirdilar. Ushbu masalalar mutasaddi tashkilotlar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi va echimlar belgilandi. Ayrimlari yuzasidan tadbirkorlarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Yakunda viloyatda yangi investitsiya loyihalarni amalga oshirish, ajratilayotgan bank kreditlarini maqsadli va samarali o‘zlashtirish chora-tadbirlari kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




Farg‘onadagi og‘ir hudud toifasidagi mahallalar obod go‘shalarga aylanmoqda