Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

372025-07-18 22:29

Germaniya kompaniyasi bilan Farg‘onada yuqori sifatli shisha mahsulotlari ishlab chiqariladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752859723368.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752859726969.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752859730061.jpg

Germaniya kompaniyasi bilan Farg‘onada yuqori sifatli shisha mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning mashhur “Waltec Maschinenbau” kompaniyasi rahbari Peter Rayxni qabul qildi. Joriy yil iyulь oyi boshida viloyat hokimi boshchiligidagi delegasiya Germaniya Federativ Respublikasiga amaliy tashrif bilan borib, hududlararo investisiyaviy, savdo-iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator uchrashuvlar o‘tkazgan edi. Shu jumladan, “Waltec Maschinenbau” kompaniyasi rahbariyati bilan ham muloqot bo‘lib o‘tgan va Farg‘onada yuqori sifatli shisha mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgandi. Bugungi uchrashuvda mazkur kelishuvlarni amaliy bosqichiga o‘tish jarayonlari haqida so‘z bordi va loyihani texnik va tashkiliy jihatlariga e‘tibor qaratildi. “Waltec Maschinenbau” kompaniyasi rahbari Peter Rayx loyiha Quvasoy shahridagi “Kvars” AJ bilan hamkorlikda amalga oshirilishi va MDH davlatlari orasida yagona bo‘lishi kutilayotganini ta‘kidladi. Viloyat hokimi mazkur investision loyihani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi va hamkorlik masalalari bo‘yicha chora-tadbirlar kelishib olindi. Ma‘lumot o‘rnida, “Waltec Maschinenbau” — Germaniyaning avtomatlashtirilgan shisha ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha uskuna va liniyalar yaratuvchi kompaniyasi hisoblanadi. U 50 dan ortiq mamlakatda amalga oshirilgan loyihalar va ishonchli hamkorlik tajribasiga ega.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 19.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft