Viloyat delegasiyasi Sindao shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining nufuzli anjumanida ishtirok etdi





Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi viloyat delegasiyasi Xitoyning Sindao shahrida tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining nufuzli anjumanida ishtirok etdi. Hududlararo savdo-iqtisodiy hamkorlik konferensiyasi doirasida Veyfang shahri sanoat parki rahbariyati va unda faoliyat yuritayotgan yirik ishbilarmonlar bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi. Muloqotlarda sanoat sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Farg‘ona viloyatidagi investision imkoniyatlar va investorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar haqida ma‘lumot berildi. Veyfang shahrida joylashgan Xayluy sanoat parkiga bo‘lgan tashrif doirasida “Farg‘ona–Shandunь” texnoparkini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, investisiya muhitini yaxshilash va yuqori texnologiyalarga asoslangan loyihalarni amalga oshirish borasida taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Mazkur sanoat parkida faoliyat olib borayotgan “HUAJIAN ALUMINIUM” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvda esa Farg‘ona viloyati hududida dyuralyuminiydan turli xil sanoat va maishiy mahsulotlar ishlab chiqarish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Farg‘onadagi og‘ir hudud toifasidagi mahallalar obod go‘shalarga aylanmoqda
