Farg‘ona davlat texnika universitetida “Besh yillik sarhisob: Iqtisodiy mustaqillikdan ijtimoiy faollik sari” nomli anjuman bo‘lib o‘tdi








Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi, viloyatimizdagi boshqarma va tashkilot rahbarlari, shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilib, o‘z yo‘lini topgan bir guruh xotin-qizlar ishtirok etdi. Viloyat hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlonova mamlakatimizda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularni ta‘lim va kasbiy ko‘nikmalarga ega qilish, bandligini ta‘minlash, “Ayollar daftari”ni samarali yuritish hamda xotin-qizlar muammolarini o‘rganib, ularning xohish-istaklarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Bu borada viloyatimizda ko‘plab ezgu ishlar qilingani qayd etildi. Ta‘kidlanganidek, 2020–2025 yillar davomida viloyatda “Ayollar daftari” tizimining 1–5 bosqichlari jarayonida 401 ming nafardan ortiq xotin-qizga amaliy yordam ko‘rsatilgan. Anjumanda ushbu jarayonlarda faol ishtirok etgan bir guruh mas‘ullarga viloyat hokimining faxriy yorliqlari topshirildi. Shuningdek, tadbir doirasida shahar va tumanlarda faoliyat yuritayotgan “Etakchi ayol” klublari rahbarlari tanishtirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




Farg‘onadagi og‘ir hudud toifasidagi mahallalar obod go‘shalarga aylanmoqda