Nozimjon Xalqaro Fizika olimpiadasida ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi

Nozimjon Shavkatjonov Parijda o‘tkazilgan nufuzli Xalqaro Fizika olimpiadasida ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi Dang‘ara tumanidagi 1-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta‘lim maktab-internati o‘quvchisi Shavkatjon ikki yildan buyon Fizika fanidan O‘zbekiston terma jamoasi a‘zosi. U joriy yil 17-23 iyulь kunlari Fransiyaning Parij shahrida 55-marotaba o‘tkazilgan, dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan kelgan eng iqtidorli yosh fiziklar qatnashgan Xalqaro Fizika olimpiadasida (IPhO) bronza medalini qo‘lga kiritdi. Fan olimpiadasining Respublika bosqichida fizika fanidan faxrli 1-o‘rinni egallagan Nozimjon joriy yil 5-10 may kunlari Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan APhO – Osiyo fizika olimpidasida bronza medalni qo‘lga kiritgandi. O‘zbekiston tarixida APhO olimpiadasida bunday natija hali bo‘lmagan. Nozimjonning nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida erishyotgan bu kabi yutuqlari bardavom bo‘lsin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona shahrida “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.


“Jahon hunarmandlar shahri” maqomiga Rishton ham ega bo‘lishi kutilmoqda

Viloyat delegasiyasining Xitoyga tashrifi samarali natijalar bermoqda