Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2942025-07-23 13:14

Viloyat delegasiyasining Xitoyga tashrifi samarali natijalar bermoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1753258415813.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1753258422067.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1753258425535.jpg

Viloyat delegasiyasining Xitoyga tashrifi samarali natijalar bermoqda Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “AVCiT technology holding” kompaniyasi vise-prezidenti Ye Veyfey boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Joriy yilning aprelь oyida viloyat delegasiyasi Xitoyga qilgan amaliy tashrifi davomida bir qator nufuzli kompaniyalar bilan samarali kelishuvlarga erishgan edi. Endi esa bu kelishuvlar asosida aniq amaliy ishlar boshlanib, viloyatimizda birgalikda qator loyihalarni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda. Uchrashuv chog‘ida texnopark tashkil etish, raqamlashtirish va energetika kabi yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. “AVCiT” kompaniyasi xavfsizlik tizimlari va dasturiy ta‘minot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ilg‘or texnologik kompaniya hisoblanadi. Muloqot davomida viloyatimizda mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan taklif va loyihalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, “Guangzhou Victel Technology Co., Ltd” kompaniyasi vakili aloqa sohasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashib, maxsus tarmoq orqali ishlaydigan keng qamrovli simsiz baza stansiyalarini Farg‘onada tajriba tariqasida o‘rnatish, shuningdek, texnopark qurish loyihasini taqdim etdi. Viloyat hokimi ushbu loyihalarning ahamiyatiga to‘xtalib, avvalo ularni namunaviy tarzda amalga oshirish, so‘ngra keng miqyosda joriy etish maqsadga muvofiq ekanini ta‘kidladi. Shuningdek, tegishli mas‘ullar biriktirilib, amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Uchrashuvda viloyat delegasiyasining Xitoyga safari natijasida xitoylik investorlar tomonidan Farg‘onadagi investisiya muhitiga qiziqish oshib borayotgani alohida qayd etildi. Xususan, bir qator xitoy kompaniyalari maxsus sanoat zonalarida o‘z loyihalarini amalga oshirish niyatida ekani ma‘lum qilindi. Ayniqsa, Xitoy kompaniyalaridan biri Farg‘onada tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, dastlabki bosqichda transformatorlar ishlab chiqarish loyihasi doirasida 5 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya kiritishni rejalashtirmoqda. Viloyat rahbari taqdim etilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirib, eng avvalo zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish muhim maqsadlardan biri ekanini alohida ta‘kidladi. Yakunda istiqbolli loyihalarni qisqa fursatlarda amalga oshirish, har bir ishlab chiqarish faoliyatini aniq reja asosida yo‘lga qo‘yish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 25.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft