Farg‘onada yangi avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda
Viloyatimizda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan harakat tarkibini zamonaviy avtobuslar bilan yangilash masalasiga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlash doirasida joriy yilning avgust-sentyabrь oylari davomida tashuvchi korxonalar tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan ekologik toza, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan jami 48 dona zamonaviy avtobuslar olib kelingan edi.
Mazkur avtobuslar 1-sonli “Chimyon yo‘li (Otchopar) – Quva yo‘li (tuman xalq ta‘limi bo‘limi)”, 2-sonli “Vodil yo‘li (Mustaqillik shukronasi – Marg‘ilon yo‘li (2-sonli IIB), 4-sonli “Quvasoy yo‘li (Gullola ko‘chasi) – Marg‘ilon yo‘li (2-sonli IIB) hamda 9-sonli “Marg‘ilon yo‘li (Qirlola ko‘chasi) – Chimyon yo‘li (Yangi O‘zbekiston ko‘chasi) shahar ichi avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.
Ushbu yo‘nalishlarda harakatlanayotgan barcha avtobuslarda elektron to‘lov tizimi joriy etilgan bo‘lib, yo‘l haqi naqd pulda 3000 so‘m va elektron shaklda (ATTO) kartalari orqali esa 2400 so‘m etib belgilangan.
Joriy yil yakuniga qadar yana 48 dona yangi avtobus olib kelinishi hamda shahardagi 4 ta yo‘nalishlarga biriktirilishi rejalashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Farg‘ona davlat universiteti jamoasi “Zakovat”da g‘olib bo‘ldi
Viloyat hokimi xitoylik investorlar guruhi bilan uchrashdi