Viloyat hokimi Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Smita Pantni qabul qildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Smita Pantni qabul qildi.
Uchrashuvda hududlararo hamkorlik ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Viloyat hokimi elchini Farg‘onaga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan ko‘p qirrali munosabatlar yangi bosqichga chiqqanligini qayd etdi. Viloyatning iqtisodiy-investisiyaviy salohiyati bilan tanishtirib, turli sohalarda, jumladan, qishloq xo‘jaligi, ta‘lim, tibbiyot, turizm, farmasevtika, logistika va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritdi.
Smita Pant xonim barcha sohalarda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish muhim ekanligiga e‘tibor qaratib, samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi. Viloyatdagi tayyor va istiqbolli loyihalar bo‘yicha hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.
Elchi Farg‘ona davlat universiteti hamda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida bo‘lib, ta‘lim sohasida aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Farg‘onada yangi avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda
Farg‘ona davlat universiteti jamoasi “Zakovat”da g‘olib bo‘ldi
Viloyat hokimi xitoylik investorlar guruhi bilan uchrashdi