Bugun Xalq deputatlari Fargʼona viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʼtkazildi.
Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuralievning joriy yil 27 oktyabrda boʼlib oʼtgan saylov yakunlari toʼgʼrisidagi axboroti tinglandi.
Sessiyada 44-Toshloq okrugidan saylangan deputat Komilov Xolmatjon Odilovich xalq deputatlari Fargʼona viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Fargʼona viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʼyxatdan oʼtkazilib, viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar toʼgʼrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Fargʼona viloyati hokimi lavozimiga Bozorov Xayrullo Hayitboevich nomzodi koʼrsatilganligi bildirildi.
Xalq deputatlari Fargʼona viloyati Kengashi qaroriga muvofiq Bozorov Xayrullo Hayitboevich Fargʼona viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Sarhisob: Farg‘onalik sportchilar uchun omadli yil bo‘ldi
Viloyat hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi