Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Viloyat hokimligi katta majlislar zalida xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a‘zolari, viloyat Kengashi deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Dastlab viloyat hokimligi huzuridagi “Mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek, ularni chegaralarini belgilash va o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiquvchi” idoralararo doimiy komissiyasining Farg‘ona shahrida barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” massivi - Ekoshaharda yangi mahalla fuqarolar yig‘inini tashkil etish to‘g‘risidagi xulosasi ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Adxam Ziyavitdinov ushbu xulosa bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi “Byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan, viloyatlar mahalliy byudjetlari ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotning tashqi auditi natijalari, shuningdek, kelgusi yil uchun byudjet loyihasini baholash bo‘yicha Hisob palatasining xulosalari xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida Hisob palatasining mas‘ul vakillari ishtirokida muhokama qilinishi belgilangan. Shunga ko‘ra, Hisob palatasi vakili Otabek Qodirov Farmon talablaridan kelib chiqib, mazkur xulosalar bilan batafsil tanishtirib o‘tdi.
Shundan so‘ng Farg‘ona viloyatining 2025-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Zafarjon Ro‘zaliyevning 2024-yil yakuni bilan Farg‘ona viloyati mahalliy byudjetining kutilayotgan ijrosi hamda 2025-yilga mo‘ljallangan byudjet va soliq siyosatini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan viloyat mahalliy byudjeti loyihasi to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Ma‘ruzachi tomonidan viloyat mahalliy byudjeti xarajatlari haqida yo‘nalishlar va sohalar kesimi bo‘yicha ham ma‘lumotlar berildi.
Deputatlar 2025-yil viloyat byudjeti yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar va takliflarni o‘rtaga tashladilar.
Muhokamalardan so‘ng Farg‘ona viloyatining 2025-yilgi mahalliy byudjeti bir ovozdan tasdiqlandi.
Sessiyada shuningdek, xalq deputatlari viloyat Kengashi huzurida kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya tashkil etish hamda uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish, “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyiha konsepsiyasi ham ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Sarhisob: Farg‘onalik sportchilar uchun omadli yil bo‘ldi
Viloyat hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi