Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon Farg‘onada
Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon viloyatimizda bo‘lib, ikki tomonlama manfaatli hamkorlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda. Mehmonlarga viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov hamrohlik qilmoqda.
Koreya Respublikasining eng yirik korporasiyalaridan biri bo‘lgan “Posco International” tomonidan Farg‘ona shahrida tashkil etilgan “Posco International Textile” MChJ 1996 yildan beri faoliyat ko‘rsatib keladi. Elchi dastlab mazkur korxonaning faoliyati bilan tanishdi.
Mehmonlar Koreya xalqaro hamkorlik agentligi – KOICA bilan sheriklikda tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish markazida bo‘ldi. Bu erda elektronika, axborot texnologiyalari, avtomobilsozlik, tikuvchilik, sartaroshlik-kosmetologiya kabi talab yuqori kasblar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Shuningdek, ular Ekoshahar – “Yangi O‘zbekiston” massivi bilan ham tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Sarhisob: Farg‘onalik sportchilar uchun omadli yil bo‘ldi
Viloyat hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi