Sarhisob: Farg‘onalik sportchilar uchun omadli yil bo‘ldi
Sarhisob: Farg‘onalik sportchilar uchun omadli yil bo‘ldi
2024-yil davomida viloyatimiz sportchilari Respublika, Osiyo va jahon miqyosidagi nufuzli sport musobaqalarida ishtirok etib, 3 693 nafari g‘olib va sovrindor bo‘ldi. 1 034 ta oltin, 1 030 ta kumush hamda 1 629 ta bronza medallar qo‘lga kiritildi.
Viloyatimiz sportchilari tomonidan 9 ta Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari va 10 ta XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘llanma qo‘lga kiritildi.
Olimpiya o‘yinlarida boks sport turi bo‘yicha 92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullojonov, 71 kg vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev oltin medalni qo‘lga kiritib, chempion bo‘ldi.
Paralimpiya o‘yinlarida para yengil atletikaning nayza uloqtirish yo‘nalishi bo‘yicha Yorqinbek Odilov oltin medal, para yengil atletikaning nayza uloqtirish yo‘nalishi bo‘yicha Shaxina Yigitalieva kumush medal, para taekvondo bo‘yicha Ziyoda Isaqova kumush medal hamda para yengil atletikaning disk uloqtirish yo‘nalishi bo‘yicha Mohigul Hamdamova bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Viloyat hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi