Viloyat hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi
Farg‘ona shahridagi viloyat "Tadbirkorlar uyi"da viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev hamda viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi.
Qabulda viloyatimizning shahar va tumanlarida turli yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan 50 nafardan ziyod tadbirkorlarning murojaatlari eshitildi.
Tadbirkorlar asosan faoliyatlarini kengaytirish, bank krediti olish va mavjud kredit muddatini uzaytirish, kadastr, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan bog‘liq masalalarda mas‘ullarga yuzlandilar.
Har bir murojaat viloyatdagi tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqilib, qabul davomida hal etilishi mumkin bo‘lganlariga amaliy yechimlar belgilandi. Qolgan murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish uchun sohalar rahbarlariga yo‘naltirilib, ko‘rib chiqish va ijobiy yechim topish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Quvasoyda yangi loyihalar asosida turar-joylar, dam olish maskanlari, turizm ko‘chasi barpo etiladi
“Karkidon” suv ombori atrofida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan tanishildi
Marg‘ilon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlarining borishi muhokama qilindi
Farg‘onada “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida davra suhbati o‘tkazildi
Viloyat hokimining o‘rinbosari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi
Tomorqa aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikdan chiqarishda muhim omil bo‘lmoqda