Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2472025-01-10 14:10

Viloyat hokimining o‘rinbosari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736500118882.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736500125980.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736500131381.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736500138094.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736500143334.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736500148309.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736500153098.jpg

2024 yilda Farg‘ona viloyatida investisiyalar, eksport va savdo yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yildagi reja va vazifalarga bag‘ishlangan  matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimining o‘rinbosari - viloyat investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Nuriddin Mamajonov ommaviy axborot  vositalari vakillari va blogerlarga viloyatning investision salohiyati, loyihalar hamda olib borilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar bo‘yicha ma‘lumot berdi.

Farg‘ona viloyatidagi qulay investisiyaviy muhit natijasida xorijlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda yangi istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘tgan yilda umumiy qiymati 1,8 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kreditlar o‘zlashtirildi, 1,1 mingta istiqbolli loyiha ishga tushirildi, natijada 36 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi.

- Janubiy Koreyaning Chungchongnam-do viloyatida Farg‘ona investisiyalar va savdo vakolatxonasi ochildi, - deydi viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov. - Hamkorlik natijasida bugun viloyatga investisiya kiritayotgan mamlakatlarning umumiy soni 29 taga etdi, qo‘shma va xorijiy korxonalar 800 dan oshdi. Xorijlik hamkorlar va salohiyatli investorlar bilan muzokaralar tufayli 6 milliard dollarlik 1,5 ming loyiha paketi shakllantirildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan viloyatimizda yangi sanoat zonalari uchun jami 1 641 gektar er maydoni ajratib berildi. Bu imkoniyat natijasida 2025 yil viloyat uchun xorijiy investisiyalarni jalb etishda eng samarali yil bo‘ladi.

2025 yilda Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan bo‘lib, 6 mlrd. dollar miqdoridagi investisiya loyihalarini boshlash, 1,2 mingta investisiya loyihasini amalga oshirish hisobiga 44 ming nafar aholi bandligini ta‘minlash, shu bilan birga, 1,5 mlrd. dollar miqdoridagi mahsulotlar eksportini amalga oshirish, 3,7 mlrd. dollar miqdoridagi investisiyalarni o‘zlashtirish hamda 49 ta yirik investisiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Viloyat axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

http://api3.fergana.uz/files/150000/news/1737038952189.png

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston-Latviya Savdo-sanoat Palatasining faxriy a’zosi bo‘ldi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1737024280491.jpg

Farg‘ona viloyatidagi charm-sanoat yo‘nalishidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736945754679.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qatarning “JTA Holding International” kompaniyasi rahbari Amir Ali Salemi bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736919091111.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Tojikistonlik tadbirkor Xayriddin Boboyevni qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736917913995.jpg

Xitoylik ishbilarmonlar tomonidan viloyatimiz hududida ko‘p qavatli turar-joy binolari va zamonaviy mehmonxona qurilishi rejalashtirilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736916710693.jpg

Viloyat hokimi Toshloq tumanidagi mahallalarda tadbirkorlik, aholi bandligini ta‘minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlarning holatini o‘rgandi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 17.01.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft