Farg‘onada “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va viloyat hokimligi hamkorligida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
Viloyat "Tadbirkorlar uyi"da tashkil etilgan yuzma-yuz muloqotda farg‘onalik faol tadbirkorlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan kam ta‘minlangan oilalar hamda imkoniyati cheklangan xotin-qizlar qatnashdi.
Uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari N.Shotursunova keyingi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz farmon va qarorlari asosida qulay tadbirkorlik muhiti yaratilganini qayd etib, xususan, tadbirkor ayollar, imkoniyati cheklangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan hayotbaxsh tashabbuslar mazmun-mohiyatini alohida ta‘kidlab o‘tdi.
Samimiy muloqot davomida ishtirokchilar bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada rivojlantirish maqsadida amaliy taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Viloyat hokimining o‘rinbosari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi
Tomorqa aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikdan chiqarishda muhim omil bo‘lmoqda
Shohimardon qishlog‘ining betakror va xushmanzara tabiati
Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan NTM rahbarlari va o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov turk ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi