Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

14712025-01-10 09:22

Tomorqa aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikdan chiqarishda muhim omil bo‘lmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736482820658.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736482832772.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736482836682.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736482840426.jpg

Oltiariq hamda Quva tajribasi: tomorqa aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikdan chiqarishda muhim omil bo‘lmoqda Viloyatimizda tomorqachilikda o‘ziga xos tajriba maktabi bor. Ko‘plab oilalar kaftdek erdan to‘rt faslda ham yaxshi daromad olib, ro‘zg‘or tebratmoqda. Viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan Oltiariq, Quva tumani tajribasi asosida amaliy seminar tashkil etildi. Unda Beshariq, Dang‘ara va Furqat tumanlarining kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshliqlari hamda mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etdi. Seminar ishtirokchilari Quva tumani Qoraqum mahallasida “Asad Vodiy gullari” kooperasiyasida imkoniyatlaridan foydalanib, ijara huquqi asosida ajratilgan 10 gektarlik er maydoniga ekilgan atirgul ko‘chatlari, ularning ekilishi, parvarishlanishi jarayoni bilan tanishdilar. Oltiariq tumanidagi Zilol  mahallasida kooperasiya asosida 5 sotixdan issiqxonalar tashkil etilgan. Xonadon egalari bu erdan o‘rtacha 100 mln. so‘m daromad olishmoqda. Ishtirokchilar ushbu issiqxonalar faoliyatini borib ko‘rishdi, xonadon egalari bilan suhbatda bo‘ldilar. Bu kabi o‘zaro tajriba almashinish tadbirlarining tashkil etilishi hududlardagi istiqbolli loyihalarning qamrovi va ko‘lamini kengaytirish va buning hisobiga aholi bandligini ta‘minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikdan chiqarishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 15.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft