Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

13302025-01-09 15:44

Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan NTM rahbarlari va o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736419353038.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736419359626.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736419364425.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736419369148.jpg

Farg‘ona shahrida viloyatimizda faoliyat olib borayotgan nodavlat ta‘lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda ta‘lim sifatini yanada yaxshilash, yoshlar tarbiyasi, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish kabi masalalarga alohida e‘tibor qaratildi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov, viloyat maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzodjon Dolimovlar ta‘lim sohasidagi vazifalar, hamkorlikni mustahkamlash xususida so‘z yuritishdi. Keyingi paytlarda ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar o‘z samarasini berayotganligini ko‘rish mumkin. Bu borada o‘sib kelayotgan yosh avlodga ta‘lim-tarbiya berishdek xayrli ishlarda tadbirkorlik sub‘ektlari ham munosib hissa qo‘shmoqda. Jumladan, viloyatimizda ham nodavlat ta‘lim muassasalari soni yildan yilga ko‘payib bormoqda. Bugungi kunda 100 ta xususiy maktab faoliyat ko‘rsatmoqda. 2024 yil davomida tadbirkorlar tomonidan 95,6 mlrd.so‘m investisiya kiritilib, 15 ta xususiy maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ochiq muloqot davomida  ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 03.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft