“Karkidon” suv ombori atrofida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan tanishildi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan Quva tumanidagi “Karkidon” suv ombori atrofida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
Suv ombori atrofida o‘zlashtirilmagan 1,6 ming gektar adirda yangi loyihalar asosida dam olish maskanlari barpo etish, "yashil bog‘lar" yaratish, ekoturizmni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha katta imkoniyatlar mavjud. Bu yerda 60 ga yaqin dam olish maskanlari ilgari barpo etilgan bo‘lib, ular ma‘nan eskirgan. Maskanlar o‘rnida zamonaviy, me‘moriy yechim asosida bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish zarur. Shu yo‘nalishda mutasaddilarga ko‘rsatmalar, topshiriqlar berildi.
Ombor hududida ish boshlagan "Karkidon dam olish maskani"da yo‘lga qo‘yilishi mo‘ljallangan loyihalarning taqdimotlari ham o‘tkazildi.
Kelgusida bu yerda aholi dam olishi uchun mo‘ljallangan yangi maskanlar quriladi. Mehmonxonalar bunyod etiladi. Xorij tajribasi asosida gulbog‘lar yaratiladi. Hududda o‘ziga xos landshaft yaratish maqsadida iqlim sharoitimizga mos bo‘lgan dekorativ daraxt va butalar joylashtiriladi, samarasiz bog‘lar o‘rnida intensiv bog‘ qilinadi. Yerga asosan yong‘oq, bodom kabi mevali daraxtlar ekiladi. Ularni sug‘orishda "Anor" nasos stansiyasi orqali tomchilatib sug‘orish yo‘lga qo‘yiladi. Sun‘iy suv havzasi ham quriladi. Hududga kirishda yo‘lning ikki tomoni ko‘kalamzorlashtirilib, piyodalar yo‘laklari quriladi, lavandalar ekiladi. Bu yerda shtab tashkil qilinib, loyihalarni o‘z muddatida amalga oshirishga erishiladi.
Tumandagi Qaqir MFY hududida ham ma‘nan eskirgan binolar o‘rnida 7 ta ko‘p qavatli uylar, boshqaruv idorasi va IT markazi qurilishi olib borilyapti. Har bir 5 qavatdan iborat bo‘lgan ko‘rkam uy-joylar 300 ta xonadonga taqdim qilinadi. Shu maqsadda qurilish ishlari olib borilmoqda. Viloyat hokimi ushbu hududdagi qurilish jarayonlari bilan tanishib, mas‘ullarga qurilish ishlarini sifatli va muddatida yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri
Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasining harbiy xizmatchilariga xonadonlar topshirildi
“Motamsaro ona” haykali poyiga tantanali gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi
Quvasoyda yangi loyihalar asosida turar-joylar, dam olish maskanlari, turizm ko‘chasi barpo etiladi
Marg‘ilon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlarining borishi muhokama qilindi