Furqat tumanida “Mebelchilar” kichik sanoat zonasi barpo etilmoqda







Furqat tumanida “Mebelchilar” kichik sanoat zonasi barpo etilmoqda Furqat tumanidagi “Eshon” MFY hududida ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy dizayn talablariga javob beradigan “Mebelchilar” kichik sanoat zonasi qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida 2 gektar er maydonida umumiy qiymati 32 mlrd so‘mga teng bo‘lgan 20 ta yangi loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu esa 120 nafardan ziyod fuqarolarni doimiy ish bilan ta‘minlash imkonini beradi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur hududda bo‘lib, olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Loyihalarni zamon talablari darajasida ishga tushirish maqsadida xorijdan malakali dizaynerlarni jalb etish, ishlar samaradorligini oshirish va jarayonlarni tezlashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Har bir vazifaga mas‘uliyat bilan yondashish, sidqidildan mehnat qilish zarurligi ta‘kidlandi. Shuningdek, loyihalarni amalga oshirishda viloyat va tuman mutasaddilari tomonidan har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilishi qayd etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



