Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1032025-06-14 19:46

Furqat tumanida ichki ishlar organlari xodimlariga yangi xonadonlar kalitlari topshirildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749912282821.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749912287241.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749912291760.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749912293564.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749912296159.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749912299096.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749912301893.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749912304607.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749912307147.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749912310259.jpg

Furqat tumanida ichki ishlar organlari xodimlariga yangi xonadonlar kalitlari topshirildi Furqat tumanidagi “Navbahor” MFYda 5 qavatli turar-joy binosi bunyod etilib, 14 nafar ichki ishlar organlari xodimlari uchun “Tayyor holda topshirish sharti” bilan, zamonaviy uy-joylar imtiyozli narxlarda taqdim etildi. E‘tiborlisi, davlat-xususiy sheriklik asosida “Ziyo house” MChJ tomonidan qurilish ishlari olib borilgan hudud Farg‘ona viloyati IIB tasarrufidagi bo‘sh turgan er maydoni bo‘lib, endilikda undan samarali foydalanish imkoniyati yaratildi. Binoning ochilish marosimi katta shodiyonaga aylanib ketdi. Unda viloyat hokimi Hayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat IIB boshlig‘i Azizbek Ikramov, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Jobir Azimov, soha faxriylari, ota-onalar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘z olganlar yurtimizda ichki ishlar organlarini modernizasiya qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlar uchun munosib xizmat va yashash sharoitini yaratish borasida tizimli ishlar olib borilayotgani haqida to‘xtaldilar. Yangi binoda xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilib, yangi ish o‘rinlari yaratilganligini qayd etgan viloyat rahbari, mavjud imkoniyatlarni ishga solish orqali el-yurt uchun manfaatli ishlarni qilish bugungi kun talabi ekanligini ta‘kidladi. Tadbirda soha xodimlari, ularning oila – a‘zolari ham so‘z olib, e‘tibor va g‘amxo‘rlik, yaratib berilayotgan sharoitlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirdilar. Shundan so‘ng yangi xonadonlar kalitlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi. Turar-joy majmuasida yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirilib, o‘zining kichik vataniga ega bo‘lgan xodimlar, ularning ota-onalari, farzandlari samimiy muborakbod etildi, yangi uylarda baxtli va farovon hayot kechirishlariga tilak bildirildi, ezgu duolar qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 15.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft