Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1122025-06-14 20:44

Furqat tumanida yangi savdo xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar majmuasi qurilishi boshlandi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749915760961.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749915773396.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749915776855.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749915780222.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749915783784.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749915787937.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749915793308.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749915796572.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749915799598.jpg

Furqat tumanida yangi savdo xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar majmuasi qurilishi boshlandi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Furqat tumanidagi Ardahshon qishlog‘ida barpo etilayotgan “Do‘stlik city” xalqaro savdo xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar kompleksi hamda istirohat bog‘i infratuzilma ob‘ektlari qurilishi bilan tanishdi. Loyihaga ko‘ra, hududda tekstilь, qurilish materiallari, uy-ro‘zg‘or buyumlari savdosi, shuningdek, ishlab chiqarish fabrikalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan 6 ta maxsus maydon tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, uch qavatli zamonaviy savdo markazi qurilishi ham rejalashtirilgan. Umumiy qiymati 400 mlrd so‘mlik loyiha 2027 yilda to‘liq ishga tushadi va 4000 ta ish o‘rni yaratiladi. Bir vaqtning o‘zida ushbu majmuaga 40 ming odam kirish salohiyatiga ega bo‘ladi. Tojikiston, Qirg‘iziston kabi qo‘shni davlatlardan keladigan xaridorlarga ham xizmat ko‘rsatadi. Viloyat hokimiga amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma‘lumot berildi. Ishlarni jadallashtirish, loyihani belgilangan muddatda va yuqori sifatda yakunlash bo‘yicha mas‘ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 15.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft