Viloyat hokimi Furqat tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kirishayotgan xitoylik investorlar bilan uchrashdi






Furqat tumanida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning "Xing Tai Lang Tai Agricultural Technology Co., Ltd" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda mehmonlarga viloyatning investisiyaviy salohiyati, mavjud infratuzilma va imkoniyatlar haqida ma‘lumot berildi. Xitoylik ishbilarmonlar tomonidan Furqat tumanida qishloq xo‘jaligi sohasidagi istiqbolli loyihalari taklif etildi. Mazkur loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilinib, investisiyalarni jalb qilish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta‘kidlandi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bildirilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ma‘lum qildi. Uchrashuv davomida hamkorlikni amaliy bosqichiga o‘tish, aniq chora-tadbirlarni belgilash va “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish yuzasidan kelishib olindi. Ishlarni jadallashtirish zarurligi ta‘kidlandi. Shuningdek, viloyat hokimligi hamda “Xing Tai Lang Tai Agricultural Technology Co., Ltd” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!