Marg‘ilon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlarining borishi muhokama qilindi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Marg‘ilon shahrida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida bo‘lib, tegishli tashkilot va boshqarmalar, qurilish-pudrat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida qurilish ishlarining borishi hamda qator loyihalarni muhokama qildi.
Ayni kunlarda 75 gektar yer maydonida 6 ming xonadonli “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlariga kirishilib, hozirda 10 ta 12 va 16 qavatli uylarning qurilishi belgilangan meyorlar asosida bajarilmoqda. Shuningdek, bu yerda savdo majmualari, 10 ta ijtimoiy soha obyektlari qurilishi ham ko‘zda tutilgan.
Bu yerda shtab tashkil etilgan bo‘lib, kunlik ish natijalari sarhisob qilinib, kamchiliklar tahlil etilib, kelgusidagi ishlar belgilab olinmoqda.
Viloyat hokimi avvalgi uchrashuvda berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas‘ullar tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan muhokama o‘tkazdi. Massivdagi ko‘p qavatli uylarning qurilish holati, maktab va bog‘cha qurilishi loyihasi bilan tanishdi. Shu bilan birgalikda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tortish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati bo‘yicha mas‘ullar hisoboti tinglandi. Loyihalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Bu yerda tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasiga istiqbolli loyihalarni joylashtirish, bunda yer maydonidan samarali foydalanib, ko‘p qavatli ishlab chiqarish tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish borasida vazifalar belgilab berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri
Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasining harbiy xizmatchilariga xonadonlar topshirildi
“Motamsaro ona” haykali poyiga tantanali gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi
Quvasoyda yangi loyihalar asosida turar-joylar, dam olish maskanlari, turizm ko‘chasi barpo etiladi
“Karkidon” suv ombori atrofida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan tanishildi