Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri
Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari, keng jamoatchilik va yoshlar ishtirok etdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yig‘ilganlarni, barcha harbiy xizmatchilarni, ularning oila a‘zolarini bayram bilan tabrikladi. Dunyoda sharafli kasblar ko‘p, ular orasida eng sharaflisi o‘z ona Vatani va xalqining tinchligi uchun xizmat qilish ekanligini ta‘kidladi. Muhtaram Prezidentimiz, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan mamlakatimiz milliy armiyasini yanada takomillashtirish va harbiy sohani isloh qilishga qaratilgan sa‘y-harakatlari, shuningdek, Davlatimiz rahbarining uzoqni ko‘zlagan strategik qarorlari natijasida harbiy-ma‘muriy sektorlar tashkil etilgani va uning samarasi sifatida bugungi kunda harbiy infratuzilma, ijtimoiy sharoit yaratib berish hamda qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning yuksak darajada tashkil etilayotgani o‘zining ijobiy samarasini bergani, 2024-yilning o‘zida harbiy qismlar, Milliy gvardiya, Chegara qo‘shinlari tizimida amalga oshirilgan ishlar, qurilish va ta‘mirlash, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta‘minlash, maishiy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaldi.
Qisqa davr ichida mamlakatimizda amalga oshirilgan harbiy islohotlar natijasini xalqaro reytinglarda harbiy mavqeimiz yuqorilab borayotgani, Harbiy salohiyat bo‘yicha yangilangan “Global Firepower Index – 2025” reytingida O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 145 mamlakat ichida 58-o‘rinni egallagani qayd etildi.
Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan taqdirlanganlarni muborakbod etdi. Jumladan, Farg‘ona viloyati prokurori Ismoilov Baxtiyor Axmadjonovich “Mardlik” ordeni hamda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar va kadrlar bilan ta‘minlash xizmati boshlig‘i Xudjaqulov Dilmurot Panjiyevich “Sodiq xizmatlari uchun” medaliga sazovor bo‘lgani e‘tirof etilib, mukofotlanganlarni viloyat hokimligi, harbiy-ma‘muriy sektor nomidan samimiy tabrikladi.
Bayram tantanalari davomida yurt tinchligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga viloyat hokimining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Viloyatimiz san‘at ustalari ijrosidagi ona Vatanni ulug‘lovchi kuy va qo‘shiqlar, harbiy orkestr chiqishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasining harbiy xizmatchilariga xonadonlar topshirildi
“Motamsaro ona” haykali poyiga tantanali gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi
Quvasoyda yangi loyihalar asosida turar-joylar, dam olish maskanlari, turizm ko‘chasi barpo etiladi
“Karkidon” suv ombori atrofida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan tanishildi
Marg‘ilon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlarining borishi muhokama qilindi