Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasining harbiy xizmatchilariga xonadonlar topshirildi









Vatan himoyachilari kuni Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasining bir guruh harbiy xizmatchilari uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi. Ularga Farg‘ona shahri Shakarqishloq MFY hududida bunyod etilgan 5 qavatli uylardan xonadonlar topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat sektorlari rahbarlari, harbiy xizmatchilar va ularning oila-a‘zolari ishtirok etdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yangi uylar harbiy xizmatchilar uchun bayramga munosib tuhfa bo‘lganligini ta‘kidladi. Yangi uy egalariga ezgu tilaklar bildirildi. Mazkur hududda “AFFALINA FAYZ BARAKA" xususiy korxonasi tomonidan 20 podyezddan iborat 300 ta xonadonli turar joy majmuasi barpo etildi. Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasining 30 nafar harbiy xizmatchilariga mazkur majmuadan yangi xonadonlar kalitlari tantanali topshirildi. Yangi xonadonga ko‘chib kirayotgan oilalar vakillari so‘z olib, harbiylarga e‘tibor va rag‘bat uchun Prezidentimizga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar. Tadbir ishtirokchilari xonadonlarda bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va yangi uylar sohiblari bilan muloqotda bo‘ldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada eksportyor korxonalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Farg‘ona viloyatida Mustaqillik bayramining shukuhi o‘zgacha

Nuroniylar sportda ham yoshlarga ibrat bo‘lmoqda


Farg‘onada tekstil va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Chorvachilik sohasi yanada qo‘llab-quvvatlanadi